Avstraliya milliy universiteti astronomlari guruhi Somon yo‘liga yaqin joylashgan galaktikaning sekinlik bilan o‘layotganini kuzatmoqda. Yaqinda mazkur kichik galaktikadan katta miqdorda vodorodning ajralib chiqqani qayd etilgan. Bu yulduz hosil bo‘lish jarayonining to‘xtayotganidan dalolat beradi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Mazkur kichik galaktika Yerdan 200 ming yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Uning diametri yetti ming yorug‘lik yilini tashkil qilib, Somon yo‘lidan o‘n marta kichik hisoblanadi.
Ajralib chiqishi yaqinda qayd etilgan vodorod yulduz hosil bo‘lishi uchun asosiy tarkibiy qism sanaladi.
Bu jarayonlar markaziy qismda yuz bermoqda va u yerda hali ham yangi yulduzlar paydo bo‘lmoqda. Chiqib ketgan gazning vazni 10 million Quyosh vazniga teng ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)