Xalqaro koinot stansiyasiga yo‘l olgan “Soyuz” raketasining ikkinchi bosqich dvigatellari ishdan chiqdi. Bu haqda Boyqo‘ng‘ir kosmodromidagi manbaga tayanib, “Dojd” telekanali ma’lum qildi.

Foto: “Roskosmos”

Rossiyalik kosmonavt Aleksey Ovchinin va NASA astronavti Nik Xeyg ortga qaytgani bildirilmoqda.

“Ekipaj tirik va Qozog‘istonga qo‘ndi. Qo‘nish joyiga qidiruv-qutqaruv otryadi yuborildi”, —ta’kidladi manba.

Raketa Boyqo‘ng‘irdan 11-oktabr, payshanba kuni tongda uchirilgandi. Avariya parvozning 119-soniyasida birinchi bosqich yon qurilmalarining ikkinchi bosqich markaziy blokidan ajralish chog‘ida yuz berdi.