Joriy yilning iyul oyida Yakkasaroy tumanida yashovchi X.A. Chilonzor tumani 16-daha hududida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi B.H.ga Surxondaryo viloyatidan 100 bosh qo‘y olib kelib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, 7 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida X.A. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)