• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ichki ishlar vazirligi: “Shuhrat”dagi narkotiklar bozoriga barham berish uchun choralar ko‘rilmoqda

    Ichki ishlar organlari xodimlari “Shuhrat” chorrahasidagi narkotiklar “qora” bozoriga barham berish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xodimi Mirzo Ulug‘bek Madalimovning O‘zAda chop etilgan maqolasida aytiladi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Giyohvandlik vositalari nafaqat inson salomatligiga xavf solishi, balki uning ta’sirida turli jinoyatlar sodir etilayotgani bilan ham xavflidir.

    O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari, xususan, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar muntazam tarzda amalga oshirilmoqda. 2018-yilning 9 oyida respublika ichki ishlar organlari tomonidan 3 ming 313 giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlangan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 11,9 foizga kamaydi.

    Hisobga olingan narkojinoyatlarning tahliliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning 31,9 foizi tranzit, 33,7 foizi yetishtirish va 32,1 foizi saqlash jinoyatlari ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, qo‘shni davlatlar orqali kontrabanda yo‘li bilan respublika hududiga kirayotgan 14 kilogrammdan ziyod geroin, 163 kilogrammdan ortiq opiy, 28 kilogrammdan ko‘proq gashish giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi.

    Buni aniq misollar orqali ko‘radigan bo‘lsak, joriy yilning 13—15-sentabr kunlari IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida giyohvandlik vositalarini yetishtirish va tarqatish bilan shug‘ullanayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

    Ushbu jinoiy guruh a’zolari Toshkent shahrining markazida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida nasha giyohvandlik o‘simligini yetishtirish maqsadida jihozlab, sun’iy tarzda marixuanani shu yerning o‘zida yetishtirib, quritib, maxsus qadoqlarga ya’ni “Semechki” yozuvli pista mahsuloti qadog‘iga va gugurt qutisiga joylangan marixuanani tarqatish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.

    Yoshlar orasida giyohvandlik moddalarning iste’molini yo‘q qilishga qaratilgan qator maxsus profilaktik ishlar o‘tkazib kelinayotgani qaramay, 15 nafar maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi-talabalari tomonidan narkojinoyatlar sodir etilgan. Misol uchun, joriy yilning iyul oyida Toshkent shahrida, Toshkent viloyatida yashovchi 11-sinf o‘quvchisidan iste’mol qilish uchun maxsus tayyorlangan 50 grammga yaqin marixuana giyohvandlik vositasi olinib, maktab o‘quvchisi ushbu giyohvandlik vositasini Toshkent shahrida yashovchi 43 yoshli fuqarodan olganligi aniqlandi. Shu shaxsning yashash uyidan, xuddi shunday “bo‘lak”larga qadoqlangan 500 grammga yaqin marixuana giyohvandlik vositasi olindi.

    Giyohvandlik vositasining manbasi esa Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 38 yoshdagi shaxs ekanligi aniqlanib, uning yashash uyidan ham qariyb 500 gramm quritib qo‘yilgan marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Shuningdek, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi transmilliy guruhlarni aniqlash, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish, kontrabanda yo‘llarini to‘sish, tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan o‘simliklar ekilishi va narkomaniya yoyilishining oldini olish maqsadda o‘tkazib kelinayotgan keng qamrovli “Qoradori–2018” tadbiri xususida ham to‘xtalib o‘tsak. Respublika bo‘yicha 7 ming 477 kvadrat metr yer maydonida yovvoyi nasha o‘sayotgan 449 ta yer maydoni aniqlandi. 555 nafar shaxs o‘z hududlarida ushbu holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

    Tadbir mobaynida tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirib, narkobiznes bilan shug‘ullanayotgan bir qator shaxslar aniqlanib, qo‘lga olindi.

    2018-yilning 12-oktabr kuni IIV Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Zangiota tumanida yashovchi 51 yoshli A.R.ning uyidan jami 34 kilogramm 156 gramm giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda olingan giyohvandlik vositalarining manbasini aniqlash bo‘yicha tezkor tergov ishlari davom ettirilmoqda.

    Shu bilan birga, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tarkibida psixofaol moddalari bo‘lgan dori preparatlarining oldi-sotdisiga ham chek qo‘yish maqsadida doimiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Natijada respublika bo‘yicha noqonuniy muomalada bo‘lgan jami 71 mingdan ziyod psixofaol preparatlar daliliy ashyo sifatida olinib, yo‘q qilindi. Xususan, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan, aholi orasida “Shuhrat chorrahasi” nomi bilan barchaga ma’lum bo‘lgan hududda tashkil etilgan psixofaol dorilar sotiladigan “qora bozor”ning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida 66 marotaba tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada 341 nafar huquqbuzar shaxsga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rildi, ulardan tarkibida psixofaol moddalari bo‘lgan 41 mingga yaqin “Tramadol” va 268 dona “Lirika” dori preparati daliliy ashyo sifatida olindi. Chunki psixofaol dori vositalari ham giyohvandlik moddalari kabi xavfli hisoblanadi.

    Aytib o‘tish kerakki, 2018-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan psixofaol dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yish maqsadida ushbu dori vositalari giyohvandlik vositalarining analoglari sifatida baholandi.

    Endilikda “Tramadol” dori vositasi bilan muomala qilgan har qanday shaxs Jinoyat kodeksning tegishli moddalariga muvofiq, “Lirika” dori vositalarini noqonuniy sotgani uchun esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarga binoan jazoga tortiladi.

    02.11.2018, 16:41   Izoh (0)   36095
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

    02.11.2018, 16:29

    Toshkentda fuqaro 100 bosh qo‘y uchun 7000 dollar olib o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yubordi

    02.11.2018, 15:54

    Urganch xalqaro aeroportida namozxona ishga tushdi

    02.11.2018, 15:19

    Chilonzordagi fojiadan so‘ng Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi. U Kogondagi fojiadan keyin tuzilgan hukumat komissiyaga ham boshliq

    02.11.2018, 15:08

    Rustam Xolmatov Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Islom Karimov uni 2013-yili qattiq tanqid qilib, Toshkent viloyati hokimi lavozimidan olgandi...

    02.11.2018, 14:57

    O‘rta Osiyo respublikalarining Rossiya tarkibiga ixtiyoriy qo‘shilishi tarafdori hisoblangan Vladimir Jirinovskiy Buxoroga keldi

    02.11.2018, 14:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiya hukumati suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli uch million kishini evakuatsiya qilishga chaqirdi

    Dunyo | 11 avgust, 21:25

    Superliga. “Neftchi” “Nasaf” ustidan muhim g‘alabaga erishdi

    Sport | 11 avgust, 21:15

    Uch nafar ichki ishlar xodimi pora olayotganda qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 21:15

    “Rakurs” — Hamid Sodiq bilan. Oqsoq oliy ta’lim haqida ochiqchasiga gaplashamiz (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 21:06

    “MTRK binosidagi yagona lift ikki yildan beri ishlamaydi” — senator raisga so‘rov yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 20:59

    Donald Trampga surunkali venoz yetishmovchiligi tashxisi qo‘yildi. Bu xavfli kasallikmi?

    Dunyo | 11 avgust, 20:46

    Varikoz muammosi: kasallikni oldini olish va davolash bo‘yicha flebolog tavsiyalari

    Ayollar sahifasi | 11 avgust, 20:35

    “Rossiya va AQSH sammitidan qat’i nazar, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish davom etadi” — NATO bosh kotibi

    Dunyo | 11 avgust, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.