AQShga saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritish uchun zarur axborotni yig‘ishga bir necha hafta talab etiladi, deb yozadi “Kommersant” AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeoga tayanib.
Shu bilan birga, u AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida “muhim savdo aloqalari” o‘rnatilganini, va Vashington “ushbu aloqalarga qo‘l urmasdan” ish tutmoqchi ekanligini qo‘shimcha qildi.
Pompeo muxbirning o‘ldirilishini tekshirayotgan Turkiya va Saudiya Arabistoni hamkorligini ijobiy baholadi.
“Biz ushbu qotillik bo‘yicha kim javobgarlikka tortilishi haqida o‘z fikrimizni shakllantiramiz”, — deb qo‘shib qo‘ydi u.
Avvalroq Turkiya prokuraturasi Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi tafsilotlarini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)