AQShning Kaliforniya shtati qirg‘og‘ida baliqchilar arqonga o‘ralib qolgan kitni ko‘rib qoldi. Erkaklardan biri uni qutqarish uchun suvga pichoq bilan sakradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Baliqchilar ovdan qaytayotgan vaqtda suvdagi belgining arqoniga o‘ralib qolgan hayvonni ko‘rib qolgan. Erkaklar qirg‘oq qo‘riqlash xizmatini chaqirgan va bir necha soat davomida kitni ozod qilish uchun besamar uringan.
Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati yordam bera olmasligini ma’lum qilganda hayvonni uning dumiga bog‘lanib qolgan bitta arqon o‘rab turgan edi. Baliqchilar kitni mustaqil ravishda qutqarishga qaror qilgan. Ulardan biri pichoqni tishlagan va uchinchi urinishda kitning yelkasiga sakrab tushishga muvaffaq bo‘lgan.
Erkak arqonni kesib, kitni ozod qilgunicha uch soat o‘tgan.
Izoh (0)