Qozog‘iston poytaxti Ostonada 2-noyabr kuni mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev MDHga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Qozog‘iston bosh vaziri Baqitjan Sag‘intayev, Ozarbayjon bosh vaziri Navro‘z Mamedov, Belarus bosh vaziri Sergey Rumas, Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadqaliy Abulg‘oziyev, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Armaniston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ararat Mirzoyan, Turkmaniston hukumat raisi o‘rinbosari G.Muradov, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev qatnashgan.
Uchrashuvda Qozog‘iston prezidenti MDH Hukumat rahbarlari kengashining Ostonada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishi “o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi”ga umid bildirgan. Xabar berishlaricha, uchrashuvda Qozog‘iston bosh vaziri Baqitjan Sag‘intayev va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham so‘zga chiqqan.
Avvalroq Abdulla Aripov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)