O‘zbekistonda har qanday dori vositalarini dorixonalar va ularning filiallaridan tashqari sotganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etildi. Bu “O‘zbekiston Respublikasining jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ayrim qonunchilik aktlariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
“Ma’muriy kodeksning 165-1 moddasi ’Dori vositalarining dorixonalar va ularning filiallaridan tashqarida sotish’ jumlasi bilan to‘ldirilmoqda. Bu mazkur obyektlardan tashqari har qanday dori vositasi, masalan, aspirinni sotganlik uchun ham jarimaga tortish imkonini beradi. Ko‘chada qo‘ldan dori sotayotgan kishi jazolanadi. Jarima eng kam ish haqining 50 dan 100 barobarigacha miqdorda qo‘llanadi va huquqbuzarlik buyumlari musodara etildi”, deya ta’kidladi nashr suhbatdoshi bo‘lgan IIBB vakili.
Uning aytishicha, mazkur huquqbuzarlik 186-3 moddasi o‘zgartirilgan holda Jinoiy kodeksga ham kiritildi. Ma’muriy javobgarlikdan keyingi shunday hatti-harakatlar EKIHning 100dan 300 barobarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yo 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Izoh (0)