Toshkent viloyatida yashovchi shaxs Olmazor tumanidagi xususiy uyda chorva mollarini so‘yish bo‘yicha noqonuniy ish olib borgan, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Tekshiruv davomida ushbu uyda 187 kilogramm qo‘y go‘shti va 247 kilogramm mol go‘shti topilib musodara qilindi.
Ushbu fakt asosida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi 53 yoshli G‘.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186 moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)