• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zA surishtiruvi: 18 ming so‘m “non puli”ni olish uchun ma’lumotnomaga 46 ming so‘m to‘lanadimi?

    O‘zbekistonda non narxining o‘zgarishi tufayli kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, 2 yoshgacha bola parvarishidagi nafaqa oluvchi, moddiy yordam oluvchi ehtiyojmand fuqarolarga eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida kompensatsiya pulini (hozirgi kunda 18 ming 430 so‘m) davlat budjetidan to‘lab berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ana shunday puldan umidvor bo‘lgan Olmazor tumani “Gulzor” mahallasida yashovchi eshitish va gapirishida nuqsoni bo‘lgan bir guruh fuqarolar ma’lumotnoma to‘g‘rilamoqchi bo‘lib, mahalla oqsoqolidan yo‘l-yo‘riq so‘ragan. Ular ma’lumotnoma berish vakolatiga kirmasligini aytib, ularni davlat xizmatlari agentligiga yuboradi.

    U yerda esa bunday ma’lumotni olish uchun 46 ming so‘m to‘lash kerakligi bu fuqarolarni ajablantiradi. 18 ming so‘m olish uchun 46 ming to‘lash qaysi mantiqqa sig‘adi?

    Mazkur murojaatni xolis o‘rganish maqsadida Olmazor tumani davlat xizmatlari agentligiga borib, xizmatlar narxini o‘rganildi, mutaxassislar bilan suhbatlashildi.

    — Ishonmasligingiz mumkin, lekin har kuni bir necha fuqaro kelib janjal qiladi, — deydi bosh mutaxassis Mirodil Obidov. — Bizda xizmatlar pulli. Tashkilotlar esa bilib-bilmay bizga yuboradi. Misol uchun, maktabdan shu yerda yashaydigan degan ma’lumotnoma so‘rab kelishadi. Aslida biz ham ma’lumotnoma beramiz, lekin u boshqaroq. Masalan, qachonki pasport yo‘qolsa, uni tiklash uchun pasport stoliga shu fuqaro haqiqatdan ham ko‘rsatilgan joyda turganmi-yo‘qmi, shuni tasdiqlash kerak bo‘ladi. Bu kabi davlat xizmati ko‘rsatganimiz uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida yig‘im undiramiz. Misol uchun, ariza beruvchilar elektron raqamli imzo olishi va unga 12.901 so‘m to‘lashi kerak. Manzil ma’lumot uchun esa 18.400 so‘m to‘lanadi. Lekin 46 ming so‘m degan gap noto‘g‘ri.

    Mahalla ma’lumotnoma bermaydi. Ular noto‘g‘ri talqin qilib, xalqni ovora qilmoqda. Axir joriy yilning 3-oktabrida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarorida 15-oktyabrdan davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bir qator tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim qilish bo‘yicha tartibi bekor qilingan edi. Shaxsning yashash joyi bo‘yicha yashayotgani, ishsizligi, bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganlik haqidagi shular sirasidan.

    Agentlik xodimlarining javoblaridan ko‘ngli u qadar to‘lmagan shikoyatchilar bilan Olmazor tumani byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga kirib borildi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bu vaqtga kelib, voqealar biroz oydinlashganday bo‘ldi. Biroq, kompensatsiya puli olish uchun ma’lumotnoma nega kerak? Pensiya berayotgan tashkilot uni avtomatik tarzda qo‘shib yuboradi-ku, degan fikrga shikoyatchilar “inspektorimiz agar yashash joyingdan ma’lumotnoma to‘g‘rilab kelsangiz, sizga ana shu pulni olib beraman”, degandi deb turib olishdi.

    Olmazor tumani byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi direktor o‘rinbosari Marat Esirboyev tumandagi 9 ming 500 nafardan ko‘proq odamga 1 oktyabrdan “non puli” avtomatik tarzda o‘tkazib berilgani, buning uchun hech qanday ma’lumotnoma kerak bo‘lmaganini qayd etdi.

    Unda inspektor nima uchun shuncha insonni ovora qilib, bekor bo‘lib ketgan ma’lumotnoma so‘rab, umidlantiradi. Bu insonlar qancha hujjat tayyorlab, sarson bo‘lib yuribdi-ku, degan so‘zlarimizga javoban shikoyatchilarning pasportlarini so‘radi. Bazadan ularning pensiyasi qanchaligi va “non puli” berilgan yoki berilmaganini tekshirib ko‘rish uchun.

    — Mana Nabiyeva Xolida bolalikdan nogiron bo‘lgani uchun 18 ming so‘mdan ko‘proq summa avtomatik tarzda pensiyasiga qo‘shib berilgan,— deydi M. Esirboyev. — “Non puli” hammaga ham berilmaydi. U 360 ming so‘mdan kam nafaqa oluvchilarga beriladi. Ya’ni ish staji bo‘lmagan, bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslar bunday imtiyozga ega. To‘g‘ri, oralaringizda 360-365 ming so‘m pensiya oladiganlar bor ekan. Biroq sizlar ikkinchi guruh nogironi bo‘lsalaringiz-da, ish staji bilan pensiyaga chiqqaningiz uchun bu puldan foydalana olmaysiz.

    Xullas, bir-birini tushunmagan yoki o‘z ishiga loqayd insonlarni deb, eshitish va so‘zlashda nuqsoni bo‘lgan o‘nlab nogironlar ovora-yu sarson bo‘ldi. Behuda yumushlar uchun vaqtini yo‘qotdi.

    Pensiya jamg‘armasiga kelgan davlat xizmatlari agentligi vakillari keraksiz ma’lumotnomalarni deb fuqarolarni sarson qilishga chek qo‘yish vaqti kelganini qayd etdi.

    — Yaqinda bir ayol onasi 29-sentabr kuni olamdan o‘tgani haqidagi guvohnomani olib kelibdi, — deydi ulardan biri. — “O‘lguniga qadar mazkur tumandagi tegishli manzilda yashagani haqida ma’lumotnoma kerak, sizlar berasizlarmi?” deb so‘radi. Bu ayol onasining o‘limidan keyin berilishi kerak bo‘lgan ikki oylik nafaqani olish uchun bunday qog‘oz kerak ekanini aytdi. Bu qanaqasi? qo‘lidagi o‘lim guvohnomasini o‘zi yetarli-ku. Biz bunday ma’lumotnoma bermasligimiz, xizmatlarimiz pulli ekani haqida aytsak, eshitmaydi, asabiylashadi. Shunga o‘xshagan voqealar ko‘p.

    01.11.2018, 13:39   Izoh (0)   37854
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda to‘rt egizak tug‘ilgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

    01.11.2018, 13:04

    Oktabr oyida O‘zbekiston iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi ko‘tarildi

    01.11.2018, 12:16

    Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan matematiklar tanlovida surxondaryolik o‘quvchilar 3 ta diplomni qo‘lga kiritdi

    01.11.2018, 12:05

    Mutaxassis: “Tramadol” narkotiklar bilan teng — birinchi qabul qilishdayoq tobelik yuzaga keladi

    01.11.2018, 11:38

    Toshkentda Lacetti’ni quvgan YPX xodimlari voqea joyini tark etgani ma’lum bo‘ldi (video)

    01.11.2018, 11:30

    Shavkat Mirziyoyev Jazoir prezidentini Inqilob kuni bilan tabrikladi

    01.11.2018, 11:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01

    Tramp: “Zelenskiyga maslahat — kelishuv tuzish”

    Dunyo | 16 avgust, 10:59

    Toshkentda spirtli ichimliklar do‘koni oldida janjal yuzaga keldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 10:44

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30

    Alyaskadagi sammit: Putin va Tramp muzokaralari yakunlandi. Ular ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 16 avgust, 09:59

    APL. “Liverpul” 1-turda “Bornmut” darvozasiga to‘rtta gol urdi (video)

    Sport | 16 avgust, 09:37

    Jazo muddatidagi shaxs katta miqdorda soxta dollarlarni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Sirdaryo | 16 avgust, 09:17

    Enzo, Niki, Dino va boshqalar: insonlar sharafiga nomlangan avtomobil modellari

    Shou-biznes | 16 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.