Prezidentning “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonga olib kirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni mamlakatga bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish mumkin:
Tirik yirik qoramol, qo‘y-echkilar;
Qoramol, qo‘y va echki go‘shti;
Kartoshka, soya loviyasi;
Kungaboqar, kunjut urug‘i;
Shakar, guruch.
Shuningdek, sement, asbest, qurilish oynasi, yog‘och va ko‘mir mahsulotlari importi bo‘yicha ham 2020-yil 1 yanvarga qadar bojxona imtiyozlari taqdim etildi.
Bojxona imtiyozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlarining ehtiyojlari uchun asosiy qurilish materiallar, jumladan, sement klinkeri va asbestni import qilganda ham qo‘llaniladi.
Izoh (0)