1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Pokiston Islom Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Islomobod shahrida Pokiston bosh vaziri Imron Xon, Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiy va Qurolli kuchlarning Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Qamar Bajva bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.
Izoh (0)