Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi qoniqarsiz natijalar sabab iste’foga chiqarildi.
52 yoshli ispaniyalik murabbiy Madrid klubi bilan joriy yilning iyun oyida shartnoma imzolagandi. U bungacha Ispaniya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlayotgandi. Lopetegining “Real” bilan shartnoma imzolashi uning, JCh—2018 oldidan terma jamoadan haydalishi bilan yakunlangandi.
“Real” Lopetegi qo‘l ostida 14 ta rasmiy o‘yinda maydonda tushib, 6 ta g‘alabaga erishdi. 2 ta o‘yinda durang, 6 ta bahsda esa mag‘lub bo‘ldi.
Jamoani endilikda shu vaqtga qadar “Real Kastilya” jamoasini boshqarib kelgan, klubning sobiq futbolchisi Santyago Solari vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida boshqarib turadi.
Izoh (0)