Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Barselona”ga uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa o‘yinchilari bilan xayrlashdi, deb xabar beradi Marca.
52 yoshli mutaxassis o‘yindan so‘ng futbolchilar bilan xayrlashib, ularga minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq “Real” Lopetegi o‘rniga Antonio Konteni tayinlashi haqida xabar paydo bo‘lgandi. Konte bugun Misrdagi ta’tilidan qaytib, “Real” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Izoh (0)