27-oktabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi.
Qo‘shma majlisda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zoligiga bo‘shab qolgan o‘ringa Toshkent shahridan vakil saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori Dilorom Toshmuhammedova Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sobiq spikeri Dilorom Toshmuhammedova shu yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan edi.
Izoh (0)