Kecha, 24-oktabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Borussiya Dortmund” klubi o‘z maydonida Madridning “Atletiko”sini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dortmundlik safida 18 yoshli angliyalik yarim himoyachi Jeydon Sancho ikkinchi bo‘limning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi. Sancho oradan 4 daqiqa o‘tib, madridliklar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa Sancho Chempionlar Ligasi tarixida nemis klubi safida gol urgan ilk ingliz futbolchisiga aylandi.
Izoh (0)