• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: Samarqandlik tadbirkor viloyat hokimining tadbirkorlar bilan uchrashuvida muammolar hal etilmayotganligidan nolidi

    O‘z mulkidan ajralib, “Daryo” tahririyatiga murojaat qilgan Samarqad shahrida faoliyat yurituvchi “Yangiobod farm med servis” MChJ rahbari Jamshid Shomurodov haqiqat izlab 8 marotaba shahar prokuraturasi, 20 marotaba viloyat prokuraturasi, 8 bor Bosh prokuratura, 10 marotaba Xalq qabulxonasi, 3 bora viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga murojaat qildi. Tadbirkorning ta’kidlashicha, uning masalasini tegishli idoralar tomonida paysalga solinmoqda, deydi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jamshid Shomurodovning bildirishicha, Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasi, 128-uy manzilida joylashgan besh qavatli binoning uch qavatini egallagan va foydalanishmaydoni 1300,0 kvadrat metr bo‘lgan tibbiy markaz hamda 17 ta kvartira unig xususiy mulki hisoblanadi. Biroq, uni ogohlantirmasdan “Garant quruvchi servis” MChJ tomonidan bino buzib tashlanib, mulkiga katta zarar yetkazilgan. Shahar hokimining 2015-yil 27-noyabr va 2016-yil 19-dekabrdagi sonli qarorlari asosida buziladigan bino o‘rnida qo‘p qavatli turar joy qurish uchun yuqorida nomi keltirilgan MChJga berilgan.

    — Shu yerda ko‘p qavatli turar joy qurilishi rejalashtirilgan ekan, shahar hokimligi birinchi navbatda menga qurishni taklif qilishi lozim edi. Men qurolmagan taqdirimda, tender asosida yutgan qurilish tashkiloti meni rozi qilgandan so‘ng xususiy mulkimni buzishi kerak edi. Ammo bu borada shahar hokimligi menga hech qanday ogohlantirish bermasdan mulkimni boshqa shaxsga berib yubordi, — deydi Jamshid Shomurodov.

    Jamshid Shomurodovning arizasi asosida Samarqand shahar IIB tomonidan 2017-yilning 15 iyul kuni Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq, bir yarim yildan beri tergov ishlari cho‘zilib kelmoqda. Tadbirkorning turli tashkilotlarga qiligan o‘nlab murojaatlar hamon natijasiz qolib ketmoqda.

    Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari B.Elmurodovning 2018-yil 18-fevralda shahar prokuraturasiga yuborgan xatida J. Shomurodovning talabi qonuniy ekanligini tasdiqlagan.

    “Garant quruvchi servis” korxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun talablari hamda belgilangan talablarga rioya qilmasdan, ushbu manzildagi turar va noturar uy-joylar mulkdor J. Shomurodovning roziligi olinmasdan qonunga xilof ravishda, ya’ni noqonuniy tarzda buzib tashlangan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro J. Shomurodovga Samarqand shahar prokuraturasi yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudiga murojaat etilishi, sud hamda prokuratura organlari tomonidan qonunga belgilangan tartibda mazkur qarorni bekor qilishda shahar hokimligi e’tirozi yo‘qligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xatda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ko‘rinib turibdiki, prokuratura shahar hokimining 2015-yil 27-noyabr va 2016-yil 19-dekabrda chiqargan qarorlariga protest keltirib, bekor qilsa, adolatni tiklasa bo‘ladi. Ammo bu ish hanuzgacha paysalga solib kelinayotganligini tushunish qiyin.

    Jamshid Shomurodovning masalasi yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasiga murojaat qildik. Shahar prokurori va uning o‘rinbosari yo‘qligi sababli savollarimizga shahar prokuraturasi tergovchisi Rustam Daminov qisqagina javob berdi.

    —Biz hammasini qonun doirasida ko‘rib chiqamiz, — deydi Rustam Daminov.

    Afsuski, tergovchi ham J.Shomurodovning shahar prokuraturasiga 8 bor qilgan arizasi nima sababdan o‘rganilmayotganligining aniq sabablarini tushuntirib bera olmadi.

    Yana bir holat. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining 2018-yil 27-fevraldagi hukmiga ko‘ra Samarqand shahar IIB tergov bo‘limi tergovchisi X.Namozovning 2017-yil 11-noyabrdagi jinoyat ishining “Garant quruvchi servis” MChJ xodimlariga oid qismini harakatdan tugatish haqidagi qarori bekor qilingan. Shuningdek, hukmda Gagarin ko‘chasi, 128-uyda joylashgan xonadonlarni noqonuniy buzilishi va ulardagi jihozlarga zarar yetkazilib, talon-toroj qilinganligi holati bo‘yicha “Garant quruvchi servis” MChJ rahbari E.Mo‘minov va xodimlarining harakatlarida Jinoyat Kodeksining 169, 173-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar alomatlari mavjudligini aniqlash va huquqiy baho berishlik uchun material tariqasida ajratilib, Samaqand viloyat prokurori orqali tegishli surishtiruv organiga yuborilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo orada shuncha vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan bu borada ham hech qanday ish amalga oshirilgani yo‘q.

    — Ikki marta viloyat hokimi Erkinjon Turdimov qabulida bo‘ldim. Birinchi marta 2018-yilning 3 avgustida E.Turdimov viloyat prokurori o‘rinbosari O.Hoshimov, shahar hokimi o‘rinbosari B.Elmurodov va viloyat bosh arxitektori N.Sodiqovga kerakli topshiriq berib, masalani hal qilishga uch kun muddat berdi. Ammo bir oydan keyin ham vaziyat o‘zgarmaganligi uchun ikkinchi marta 10-sentabr kuni yana viloyat rahbari qabuliga kirishga majbur bo‘ldim. Bu safar Ichki ishlar, Adliya, Davlat soliq boshqarmalari hamda “Mahalla” jamg‘armasi rahbarlariga uch kun ichida “masalaning yechimi yuzasidan viloyat hokimiga taklif kiritish” va viloyat prokuraturasiga “yuqoridagi topshiriqlarni amalga oshirilishida qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish” tavsiya etilgan edi. Ammo shu vaqtgacha hech narsa o‘zgarmadi, — deydi J. Shomurodov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ha, aytgancha, “J.Shomurodov va F.Shomurodovalarning moddiy zararini qoplash uchun” mazmunidagi 2017-yil 29—30-sentyabrdagi to‘lov topshiriqlari bilan jami 462 million so‘m pullarni Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasining depozit raqamiga to‘langanligi ularga tegishli turar joylarning noqonuniy ravishda buzilganligini tasdiqlovchi yana bir muhim omil hisoblanadi. Ammo Jamshid Shomurodov bu pul 17 ta kvartira va tibbiy markaz binosi uchun arzimasligini aytib, adolat izlamoqda.

    — Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan ikki bor uchrashuvdan keyin viloyat hokimining tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlari shunchaki xo‘jako‘rsinga, faqat reklama uchun o‘tkazilyapti degan xulosaga keldim. Viloyat hokimi tadbirkorlarning muammosini eshitib, uni hal etish yuzasidan qo‘l ostidagi xodimlariga topshiriq beradi. Ular bo‘lsa hokimning talabini bajarmaydi. Bunaqangi ko‘zbo‘yamachilik qabilidagi uchrashuvlarning kimga keragi bor? —deydi Jamshid Shomurodov.

    J.Shomurodovning mulkiga yetkazilgan zarar natijasida “Yangiobod farm med servis” MChJda faoliyat yurituvchi 10 nafardan ortiq fuqaro ishsiz qoldi. Tadbirkorning o‘zi esa o‘z mulkini qaytarib olsa turizmni rivojlantirish maqsadida ushbu joyda zamonaviy mehmonxona qurish niyati borligini bildirib o‘tdi.

    — Agarda xususiy mulkim bo‘lgan va buzib tashlangan binolar o‘zimga qaytarilsa, bu yerda zamonaviy mehmonxona qurmoqchiman. Bu orqali ham turizmni rivojlantirish, ham qo‘shimcha tarzda 70-80 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlamoqchiman, — deydi Jamshid Shomurodov.

    “Daryo” J.Shomurodov bilan yuzaga kelgan holatni kuzatib boradi va bu borada mutasaddi tashkilotlarning javobini kutib qoladi.

    22.10.2018, 15:05   Izoh (0)   15029
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda zamonaviy kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqariladi

    22.10.2018, 14:40

    Davlat xizmatlari markazlari xodimlari navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazildi

    22.10.2018, 14:26

    Adliya vazirligi: 9 oy ichida eng ko‘p uy-joy va avtomashina Toshkent shahrida sotildi

    22.10.2018, 13:45

    Xotin-qizlar qo‘mitasi FHDYo organlarining eng yaxshi logotipi uchun tanlov e’lon qiladi

    22.10.2018, 12:25

    “Davyergeodezkadastr” jurnalistlar o‘rtasida tanlov e’lon qildi

    22.10.2018, 11:46

    Uchtepadagi gaz qo‘yish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi

    22.10.2018, 11:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kanada bilan savdo muzokaralari to‘xtatiladi” — Tramp (video)

    Dunyo | 28 iyun, 18:35

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi reyslar qachondan tiklanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:15

    Eronda Isroil bilan urushda halok bo‘lgan harbiylarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 17:55

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.