Vengriya poytaxti Budapesht shahrida shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tgan First Saturday GM xalqaro turnirida o‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Javohir Sindarov muvaffaqiyatli ishtirok etib, uchinchi grossmeysterlik talabini bajarib, 12 yoshida jahonning amaldagi eng yosh xalqaro grossmeysteriga aylangani haqida avval xabar berilgandi
Kecha, 18-oktabr sanasida Javohirga Toshkent shahrining Sergeli tumani “Chorbog‘” mahallasidagi 102-uydan 3 xonali kvartirani tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Kun.uz”.
Sovg‘ani tantanali topshirish marosimda prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqov ishtirok etdi.
Izoh (0)