Toshkentlik 10 yashar maktab o‘quvchisi Saidakbar Usmonbekov Rossiyaning “Ajoyib odamlar” teleshousi tomoshabinlarini o‘ziga rom etdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
U kuchli eslab qolish qobiliyatiga ega va tanlov tashkilotchilarining murakkab vazifasini bexato bajardi. Bir necha o‘nlab bola qo‘liga uch xil rangdagi shakar vatasini qo‘liga olib, to‘rtta qatorga o‘tirdi. Saidakbar ikki daqiqada ranglarning joylashuvini eslab qolib, ortiga o‘girilganidan so‘ng qaysi bola u yoki bu rangdagi vata bilan qayerda o‘tirganini aytib berishi kerak edi. O‘zbekistonlik o‘quvchi bu vazifani birorta xatosiz uddaladi.
Saidakbar mnemotexnika bilan shug‘ullanadi, robotlarni dasturlashni o‘rganmoqda. U o‘zi taom tayyorlaydigan mashina yaratishni reja qilgan.
Izoh (0)