O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan Yoshlar ittifoqi aksiya e’lon qildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi xabar bermoqda.
Aksiya 3 bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqichda o‘zbek tilida muqobil varianti bo‘lmagan turli tillardan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlar topiladi.
2-bosqichda tanlagan so‘zlarning o‘zbek tilidagi muqobil varianti taklif etiladi.
3-bosqichda esa #davlat_tili29 heshtegi ostida so‘zlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifaga joylashtiraladi va Telegram’dagi +998 99 4950436 raqamiga yo‘llanadi. Namuna: samolyot — uchoq, gazeta — ro‘znoma.
Eng ko‘p so‘z topgan va uning o‘zbekcha muqobil variantini taklif etgan yoshlar aksiya g‘olibi deb e’lon qilinadi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Izoh (0)