Saudiyalik jurnalist Jamol Xashugjining g‘oyib bo‘lishida gumon qilinayotganlar oldinroq mamlakat valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon atrofida payqalgan. Bu haqda The New York Times nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.
Nashr manbalariga ko‘ra, Turkiya politsiyasi shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan gumonlanuvchini shahzoda bilan ikki bor— Parij va Madridda samolyotni tark etayotganda ko‘rishgan.
Shuningdek, u Xyuston, Boston va BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida olingan fotolarda Muhammad bin Salmon bilan birga suratga tushgan.
The New York Times 3 nafar gumonlanuvchi valiahd shahzodaning xavfsizlik xizmati bilan bog‘liq ekanligi, yana biri Saudiya Arabistoni IIVda katta amaldor bo‘lgan sud shifokori ekanligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)