Joriy yilning 18-oktabr – 4-noyabr kunlari Indoneziyada 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada dastlabki 4ta o‘rinni egallagan jamoalar kelasi yili Polshada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. Indoneziyadagi Osiyo chempionati bahslarida ishlash uchun OFK O‘zbekistondan ham hakamlarni taklif qildi. Jumladan, Sherzod Qosimov va Andrey Sapenko mazkur musobaqada faoliyat olib borish uchun Indoneziyaga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistondan mazkur yosh toifasida terma jamoa Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan.
Izoh (0)