• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Hokimga kuyov bo‘lganim haqidagi mish-mishlar yuz foiz yolg‘on​”. Hasanboy Do‘stmatov bilan intervyu

    Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari va Osiyo chempioni, Rio—2016 Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov jurnalist Mirolim Isajonovga intervyu berdi.

    Foto: Instagram/oybekqilichev

    Foto: Instagram/oybekqilichev

    - Joriy yilning 18-avgust—2-sentabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan XVIII Osiyo o‘yinlarida kumush medalni sazovor bo‘ldingiz. Taassurotlaringiz qanday?

    - Bilasizmi, hayot past-u balandliklardan iborat bo‘lganidek, omad ham doimo kulib boqmas ekan. Ushbu yirik musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritishim taqdirimda bor ekan, shunisiga ham shukr qilaman. Aslida to‘rt yillikning mazkur shonli bellashuviga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandim. 56 kilogramm vaznimni 49 kilogrammgacha tushirdim. Bu jarayondagi qiyinchiliklar faqat o‘zimga ayon. Turnirda ham bor kuchim bilan harakat qildim. Ammo bu safar omad biroz yuz o‘girdi. Lekin bundan sira afsusda emasman. Bu holatni kelgusi musobaqalarda takrorlamaslikka, Tokio Olimpiadasida ham oltin medal sohibi bo‘lishga astoydil harakat qilaman va va’da beraman.

    - Terma jamoadagi charm qo‘lqop ustalarining ketma-ket professional boksga o‘tayotganligi hech birimizga sir emas. Siz qachon professional boksga o‘tishni rejalashtiryapsiz?

    - Olimpiada chempioni bo‘lganimdan buyon juda ko‘plab yurtdoshlarimiz shunday mazmundagi savollar bilan murojaat qilishyapti. Hatto “Hasanboy professional boksga o‘tdi, shartnoma imzoladi”, degan xabarlar ham tarqaldi. Ammo haligacha professional ringga ko‘tarilganim yo‘q. Shu paytga qadar ikki-uch marotaba taklif bo‘ldi. Haligacha shartnomalar taklif qilishyapti. Murabbiylarim bilan kelishgan holda, hozircha havaskorlik boksida qolishni rejalashtirganim uchun ularning barini rad etyapman. 2020-yili Tokio Olimpiadasida ham ishtirok etib, Vatanimiz bayrog‘ini yana bir bor baland ko‘tarishni maqsad qilganman.

    - Sizda ota-onangizdagi qaysi jihatlarni uchratish mumkin?

    - Otam ham, onam ham qishloqda tug‘ilib, oddiy va halol insonlar davrasida katta bo‘lishganligi tufayli ikkisi ham juda sodda va ko‘ngilchan. Men ham ular singari soddaman, ammo ishonuvchan emasman. Keyin ulardek aytganimni amalga oshirmagunimcha tinib-tinchimayman, biror ijobiy natijaga erishishga astoydil intilaman. Mana shunday yuksak yutuqlarga ham ota-onamning meni tushunishi, shart-sharoitlar yaratib berishi, qo‘llab-quvvatlashi sabab erishyapman. Ilohim, biz farzandlar baxtiga doimo sog‘-salomat bo‘lishsin!

    - Karerangiz sabab dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgansiz. Qaysi davlatning o‘ziga xos urf-odati yoki tabiati sizda unutilmas taassurotlar qoldirgan?

    - Bir yil avval Germaniyaga borganimizda, u yerdagi shahar ko‘chalari ozoda, sarishtaligi bilan e’tiborimni tortgan. Keyin mazkur mamlakat fuqarolari svetaforning qizil chirog‘i o‘n daqiqa yonib tursa, ko‘k chiroq yonishini sabr bilan kutib turisharkan. Mabodo kimdir qoidaga amal qilmay, ko‘chani kesib o‘tishga urinsa, o‘sha insonga yon-atrofidagilar “Yosh bolalar sening mana shu hatti-harakatingdan o‘rnak olishadi. Ularga o‘zingdagi ijobiy hislatlaring bilan namuna bo‘l!”, deya tanbeh berisharkan. Germaniyaliklarning mana shu odati haligacha esimda turadi.

    - Agar sizga biror ko‘rsatuvni olib borish taklifi tushsa, qaysi jurnalistning loyihasiga boshlovchilik qilgan bo‘lardingiz?

    - (kulib) To‘g‘risi, mendan boshlovchi chiqmaydi. Buni hatto tasavvur ham qilib ko‘rmaganman. Mabodo shunday shart qo‘yilsa, sportga oid birorta ko‘rsatuvga boshlovchilik qilishga harakat qilib ko‘rardim. Lekin siyosiy, madaniy yoki san’at sohasiga oid tok-shoularni sira olib bormasdim.

    - Jang vaqtida sizni nimalar chalg‘itishi mumkin?

    - (o‘ylanib) Bunday holat biror marta ham yuz bermagan ekan. Sababi ringga ko‘tarilganimdan so‘ng hamma bokschilar qatori mening ham bor diqqat-e’tiborim jangga qaratiladi. Qolgan barcha narsalarni unutib, xayolimni chalg‘itadigan holatlarga ahamiyat bermayman.

    - Sizningcha, boksda eng muhimi nima?

    - Bokschidan doimo tezkorlik talab etiladi. Agar ozgina bo‘sh kelib qolsangiz, sekundlar taqdiringizni hal etib qo‘yishi hech gapmas. Keyin aqlni ko‘proq ishlatib, har zarbani nishonga bexato urish ham marra tomon yetaklaydi. Bokschi aqlini hamisha charxlab borishi kerak.

    - Ko‘pchilikdan “Hasanboy ham “yulduzlik kasali”ga chalingan”, degan gaplarni eshitdik. O‘zingiz bu haqda nima deysiz?

    - Bu kabi fikrlarni o‘zimga ham ko‘p aytishadi. Lekin bir-ikki marta qo‘ng‘irog‘iga javob bermay qo‘ysam, men to‘g‘rimda bunday tasavvurga ega bo‘layotganlar yaxshisi, chetdan turib, menga baho bermay, o‘zim bilan muloqotda bo‘lishsin. Suhbat jarayonida qanday inson ekanligimga amin bo‘lishadi. Tabiatan kamtarlik va samimiylikni qadrlayman. Mashg‘ulotlar, turli uchrashuvlar yoki ko‘rsatuvlarda band bo‘lganimda, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berolmayman. Shunday paytda meni “yulduzlik kasali”ga chalingan, deb o‘ylashib, mendagi vaziyatdan to‘liq boxabar bo‘lmay, tezda xulosa chiqarib olishadi. Bu juda ham noto‘g‘ri, deb o‘ylayman. Oxirgi paytlarda turli harakterdagi insonlar sababsiz kechqurun ham telefon qilib, bezovta qilishayotganligi bois faqatgina tanish raqamlargagina javob berayapman.

    - Shu yilning mart oyida bo‘ydoqlar safini tark etganingizda “Hasanboy hokimning qiziga uylanibdi”, degan mish-mishlar bolalagandi. Suhbat davomida shunga oydinlik kiritib o‘tsangiz?

    - Bu kabi gap-so‘zlar qulog‘imga chalinmagan, rosti. Ammo hokimga kuyov bo‘lganim haqidagi mish-mishlar yuz foiz yolg‘on.

    - Yaqinda sizni sharbat ishlab chiqaradigan korxonada direktor o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritishni boshlaganingiz haqidagi xabarni eshitib, ochig‘i, xayron bo‘ldik.

    - Inson o‘z sohasida biror muvaffaqiyatga erishib, el nazariga tushganidan keyin istaydimi-yo‘qmi, u haqida turli gap-so‘zlar tarqalarkan. Siz aytib o‘tgan fikrni o‘zim ham eshitib, ajablandim. Biz sportchilarni ham san’atkorlar singari xalqimizga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida turli loyihalarga taklif etishyapti. Mashhur brend ostidagi sharbatlarning birining reklamasida suratga tushganimdan so‘ng shunday gaplar tarqalgani shubhasiz. Ammo ayrim odamlar bunday fikrga borishdan oldin nima deyayotgani haqida biroz mulohaza yuritsa, yaxshi bo‘lardi. Mening hayotim sport bilan chambarchas bog‘liq va bir umr shu sohaga sodiq qolaman.

    - Sport olamidan topgan qadrdonlaringiz bormi?

    - Terma jamoadagi barcha yigitlar bilan munosabatlarimiz yaxshi. Ammo Shahram G‘iyosov bilan tengdosh bo‘lganimiz boismi, qalin do‘stmiz. Ko‘p fikrlarimiz bir nuqtada kesishadi. Fazliddin aka G‘oibnazarov hamda AQShda professional boksda ringga tushuvchi Xurshidbek aka Normatovlar bilan ham juda ahil aka-ukamiz.

    16.10.2018, 15:16   Izoh (0)   150277
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Millatlar Ligasi. Fransiya bugun Germaniyaga qarshi jang qiladi, Ukraina esa Chexiya bilan kurash olib boradi

    16.10.2018, 11:36

    O‘zbekiston—Qatar. Uchrashuvni turkmanistonlik hakamlar boshqaradi

    16.10.2018, 11:21

    Ravshan Ermatov Xitoy—Suriya uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi

    16.10.2018, 11:17

    Habib Nurmagomedov Floyd Meyvezer bilan Las-Vegasda jang qilishdan bosh tortdi

    16.10.2018, 11:02

    Jakartada qahramonlik ko‘rsatgan Paraosiyo o‘yinlarining o‘zbekistonlik g‘oliblari Toshkentda tantanali kutib olindi (fotogalereya)

    16.10.2018, 10:39

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Qatarga qarshi o‘ynaydi

    16.10.2018, 10:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gruziyada 7 ta NATO davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:45

    Polsha Tayvandan dron xarid qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:10

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.