Avval xabar berilganidek, bugun, 16-oktabr sanasida FIFA kunlari doirasida Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar termasiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuvni turkmanistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘ldi. Bosh hakam FIFA referisi Chorimurod Qurbonov. Unga qanotlarda Axmet Beknazarov va Berdimamet Atdiyevlar yordam berishadi. To‘rtinchi hakam Jasur Muxtorov – O‘zbekistondan.
Uchrashuvga Toshkentdagi “Milliy” stadioni mezbonlik qiladi. O‘yin 19:00 da boshlanadi. Sport-TV mazkur bahsni jonli efirda namoyish etadi.
O‘rtoqlik o‘yini
16-oktabr, seshanba
O‘zbekiston—Qatar 19:00 Sport-TV
Bosh hakam: Chorimurod Qurbonov (Turkmaniston)Yon hakamlar: Ahmet Beknazarov, Berdimamet Atdiyev (Turkmaniston)
To‘rtinchi hakam: Jasur Muxtorov (O‘zbekiston)
Izoh (0)