• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Amerikaning 8 universitetida o‘zbek tili o‘qitiladi. Germaniyada-chi?

    O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 29 yil bo‘ldi. Bugun o‘zbek tili ko‘pgina xorij davlatlarida ham o‘rgatiladi. U yerda o‘zbek tilidan o‘zbekistonlik o‘qituvchilar dars beradi. Shunday jahongashta, o‘zbek tilini dunyoga keng targ‘ib qilayotgan o‘qituvchilardan biri Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Jo‘liboy Eltazarovdir. Sana munosabati bilan O‘zA ustozni suhbatga chorladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    – Siz bir necha xorij oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tilidan saboq bergansiz. Bu jarayon qanday kechgani haqida so‘zlab bersangiz.

    – Menga Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlash nasib etdi. Turkiya va Yaponiyada to‘rt yildan sakkiz yil faoliyat ko‘rsatdim. Xorijda o‘zbek tilini o‘rgatish oson emas. Faqat grammatikani o‘rgatish bilan ish bitmaydi. Tilni o‘rgatish jarayonida butun o‘zbek madaniyatini, tarixini, etnografiyasini, urf-odatlarini o‘rgatish kerak. Kompleks yondashish talab etiladi. Avval so‘zlashishni, yozishni o‘rgatasiz, keyin o‘zbek tilining sodda kursida darslar olib borasiz. Harfni tanitasiz, salomlashish, gaplashish… Shu tarzda sohalarni kengaytirib boraverasiz. Masalan, ta’lim, tarix, sog‘liqni saqlash, gigiyena, tabiat va hokazo. Talabaga o‘zbek tilida dunyoning lisoniy manzarasini ochishingiz kerak. U avval dunyoni o‘z ona tilisining “derazasi” orqali ko‘rayotgan bo‘lsa, endi dunyoning lisoniy manzarasiga o‘zbek tili ko‘zi bilan ham qaraydi. Har bir til uchun dunyoning lisoniy manzarasi bor. Har bir millat dunyoga o‘z mentaliteti, dunyoqarashi, mafkurasi, tabiati va jo‘g‘rofiyasidan kelib chiqib qaraydi. Til jamiyatga mana shunday millionlab ko‘zga ko‘rinmas ip bilan bog‘langan. Siz talabaga ana shu iplarni bir-bir yechib berishingiz kerak.

    Xorijdagi ko‘plab universitetlarda o‘zbek tili tanlanma fan. Masalan, Berlin Xumboldt universitetida birinchi til turkcha, ikkinchi til o‘zbekcha. Osaka universitetida ham shunday. Bir kurs majburiy dars, ikkinchi kursdan ixtiyoriy, ya’ni tanlanma fan sifatida o‘qitiladi. Darsni yaxshi o‘ta olmasangiz, multimediadan foydalanmasangiz, qiziqish uyg‘ota olmasangiz, hammasi bekor. Yetti nafardan kam talaba sizni tinglasa, bu dars qoniqarsiz hisoblanadi. Natijada bir semestrdan keyin pattangizni qo‘lingizga tutqazib, qaytarib yuborishadi.

    Shuning uchun chet elda o‘zbek tilini o‘rgatadigan o‘qituvchidan nihoyatda ko‘p narsa talab qilinadi. Xorijda til o‘rgatadigan o‘qituvchi o‘z ona tilidan tashqari, yana bir turkiy tilni yaxshi bilishi kerak. Masalan, qozoq, uyg‘ur va hokazo. Turkcha bilsa, nur ustiga nur. Bularning barchasi o‘zbek tilini ommalashtirish uchun.

    – Chet davlatlarda o‘zbek tilini o‘rgatish tizimi qanday? Bu qay tarzda amalga oshiriladi?

    – O‘zbek tili dunyoda negadir kam o‘rganilgan tillar jumlasiga kiradi va shular jumlasida o‘rgatiladi. Yaponiyadagi Osaka, Tokio chet tillar universiteti, Janubiy Koreyadagi Konkuk, Pusan, Berlindagi Xumboldt universitetlarida Osiyo-Afrika tillari ichida o‘rganiladi. Kam o‘rgatilgan, kam tarqalgan til sifatida qaraladi. Nega?

    Necha ming yillik adabiy til an’anasiga, tarixga ega tilga bunday yondashuv biroz g‘ururga tegadi, albatta. Ammo, nachora. 130 yil davom etgan istibdod davrida o‘zbek xalqining tashqi dunyo bilan aloqasi uzilib qolgan, muloqot faqat rus tilida bo‘lgan. Sovet davrida Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) oliy o‘quv yurtlaridan boshqa yerda o‘zbek tili o‘qitilmagan.

    Istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar, o‘zbek madaniyati, tili, tarixini dunyoga tanitish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘z mevasini berdi. Bugun Yaponiyaning 8 universitetida, Turkiyaning 18 (ilgari faqat Istanbul universitetida bo‘lgan), Amerikaning 8, Germaniyaning, adashmasam, 4 universitetida o‘zbek tili o‘qitiladi. Bular o‘zbek tilining dunyo hamjamiyatida obro‘si oshib, dunyo tilshunoslarining ona tilimizga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat. Eng keyingi ochilgan o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti Xitoydagi Millatlar universitetida. Bu yerda Toshkent davlat sharqshunoslik institutidan o‘qituvchilar borib dars berishadi. Millatlar universiteti o‘zbek guruhiga har ikki yilda bir marta 50 nafardan talaba qabul qiladi.

    Eski o‘zbek tili o‘rta asrlarda butun Sharqning umumiy adabiy tili bo‘lgan. Alisher Navoiy yaratgan til Oltin O‘rda, Volga bo‘yi, Sibir xonligi, Qrim xonligi, umuman, Turkiyadan Mo‘g‘ulistongacha bo‘lgan o‘rta turk tili hisoblangan. Oltin O‘rda, Sibir, Qrim xonliklarining yorliqlariga, arxivlariga qarasangiz, barchasi eski o‘zbek tilida. Bu til shunaqa yoyg‘in, hammaga tushunarli edi. Ammo 130 yillik asorat bunga shu darajada katta ta’sir o‘tkazdiki, endi tilimizning qudratini qaytadan tiklash kerak.

    – Buning uchun nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz?

    – Buning uchun, avvalo, O‘zbekistonda chet elliklar uchun o‘zbek tili kitobining mukammal variantlarini yaratish lozim. Masalan, Janubiy Koreyaga borib koreys tilini o‘rganaman, degan odamga 50 xil, Turkiyada turk tilini o‘rganish uchun yuzlab kitoblar, disklar yaratilgan. Afsuski, bizda xorijliklar uchun yaxshi kitoblar kam. O‘zbekcha-inglizcha, o‘zbekcha-fransuzcha, o‘zbekcha-nemischa va hokazo lug‘atlar 2000-3000 nusxada chop etilgan. Bu juda kam. O‘zbek tilini o‘rgatish uchun shunday ishlarni qilmasak, barchasi shunchaki shiorlardan iborat bo‘lib qoladi. Amaliy ishga o‘tish vaqti keldi. Tilimizning obro‘si uchun doim kurashishimiz lozim.

    Samarqand davlat universitetida O‘zbekcha o‘rgatish markazi (O‘O‘MAR) tashkil etmoqchimiz. Bu Turkiyadagi TO‘MAR (Turkcha o‘rgatish markazi), Yaponiyadagi Nixongo til o‘rgatish markazi singari bo‘ladi. Xorijda til o‘rgatish markazlari tijoriy asosda qo‘yilgan. Bunday markazlarda har bir xorijlik, masalan, oyiga 100 dollardan to‘lab til o‘rganadi. Markaz sertifikatiga ega bo‘ladi va keyin ish boshlaydi. Biznes qiladimi, korxona ochadimi, talabalarga dars beradimi, avval rasmiy davlat tilini o‘rganadi. Mana, men 46 yoshimda Yaponiyaga bordim va to‘rt oyda 2,5 mingta iyeroglifni yod oldim. 46 yoshli odamga bu juda qiyin, lekin boshqa iloj yo‘q edi. Bu hamma davlatda shunday. Tilga hurmat shu tarzda paydo bo‘ladi. Biz ham shunday standartlarni joriy qilishimiz kerak. Chet elliklar uchun malakali o‘qituvchilarni, kitoblar, darslik va lug‘atlar tayyorlashimiz shart! Shu orqali o‘zbek tilining obro‘sini, nufuzini oshiramiz.

    – O‘zbek tili nega aynan Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy kabi davlatlarda o‘rgatiladi? Bundan maqsad nima?

    – O‘zbekiston bilan qaysi mamlakatning yaqin siyosiy, iqtisodiy diplomatik va strategik munosabatlari bo‘lsa, o‘sha davlatlarda o‘rganiladi. Har bir rivojlangan davlatning Markaziy Osiyo bilan manfaati bor. Markaziy Osiyo – javohirlar to‘la sandiq. Bunda O‘zbekiston markaziy o‘rin egallaydi. Qolaversa, atrofdagi beshta mamlakatda ham o‘zbek tili bemalol tushuniladi, keng qo‘llaniladi. Demak, davlatlararo manfaatlar ularning tillarini o‘rganishni ham taqozo etadi.

    – Yurtimizda Davlat tiliga munosabat haqida nimalar deya olasiz?

    – Hammasini ochiq aytish kerak. Nimaniki yashirsak, u gazak oladi. Bir haqiqat bor – “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganiga 29 yil bo‘ldi. Bu davr ichida biz o‘z tilimizni to‘laqonli davlat tiliga aylantira olmadik. O‘zbek tilini xohlagan odam o‘rganadi, xohlamagan o‘rganmaydi. Bunday holatda biz tilimiz orbo‘sini ko‘tara olmaymiz. Tilimizga bo‘lgan hurmatimiz haminqadar. Mana, masalan, Janubiy Koreya yoki AQShga ishga ketish uchun avval uning tilini, tarixini o‘rganib, imtihon topshirib, shu tilni biladi, degan sertifikatni olib, keyingina ketamiz. Ammo nega O‘zbekistonda yashab, O‘zbekiston fuqarosi bo‘la turib, o‘zbek tilini bilmaymiz? O‘rganishni istamaymiz? Vaholanki, butun dunyoda rasmiy davlat tili o‘rganilishga majbur! To‘g‘ri, Konstitutsiyamiz va “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning ona tilini erkin qo‘llashini cheklamagan. Ammo Davlat tiliga bo‘lgan hurmat bunday erkin va ixtiyoriy bo‘lmasligi kerak. Biz boqibeg‘amlik qildik. O‘zbekiston hududi o‘zbek tilining makonidir. Hech bir rivojlangan davlatda boshqa bir til davlat tili bilan barobar qo‘llanilmaydi.

    Tilning sofligini saqlash uchun ham kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Tilni avvalo, o‘zimiz, har bir o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi hurmat qilishi kerak. Yaqinda Vazirlar Mahkamasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning Toshkent shahridagi ijrosini nazorat qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu juda yaxshi. Buni Samarqandda va boshqa shaharlarda ham qo‘llash zarur.

    – Yoshlarning so‘zlashuvida o‘zbek tiliga ruscha yoki boshqa tillarni aralashtirib so‘zlashiga qanday qaraysiz?

    – Bu jamiyatimizdagi kamchiliklarning, biz kattalar yo‘l qo‘ygan xatolarning, tilga bepisandligimizning yoshlardagi aksi. Men ularni ayblay olmayman. Bu xatolarni biz qildik. Nega birorta yapon yapon tilini, birorta turk turk tilini buzib gapirmaydi? Boshqa davlatlarda ham shunday. Chunki ular o‘z ona tiliga topinish darajasida qaraydi. Biz ham tilga shunday munosabatda bo‘lishimiz kerak. Buning uchun maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida ona tilini o‘qitish va targ‘ib qilish kuchayishi, qat’iylashishi, bir so‘z bilan aytganda, ona tilimiz kuchli himoya qilinishi zarur. Ommaviy axborot vositalarida ham til haqida chiqishlar faqat “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun arafasida emas, doimiy bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

    16.10.2018, 21:19   Izoh (0)   33175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qahramon Quronboyev Qo‘qondagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi (foto)

    16.10.2018, 20:54

    O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Xitoy elchisiga O‘zbekistonda xitoy tili markazi ochishni taklif etdi

    16.10.2018, 18:29

    Respublikada sud va tergovdan qochib yurgan 15 nafar shaxs ushlandi

    16.10.2018, 17:33

    Toshkentda 491 ta noqonuniy qurilgan turar joy obyektlariga mulk huquqi berildi

    16.10.2018, 17:17

    “Mustaqillik” maydonidagi favvora 45 kunda ta’mirlandi (video)

    16.10.2018, 17:01

    Prezident huzurida Orolbo‘yi Xalqaro innovatsiya markazi tuziladi

    16.10.2018, 16:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.