Somali janubi-sharqidagi Baydabo shahrida yuz bergan ikkita terakt oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 40 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, birinchi portlash 13-oktabr kuni shaharning markaziy ko‘chasidagi restoranda, ikkinchisi esa kichikroq kafeda yuz berdi.
Portlovchi uskunalarni terrorchi-xudkushlar harakatga keltirgan.
Portlashlar uchun javobgarlikni “Ash-Shabab” terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Izoh (0)