Nigeriya milliy neft korporatsiyasining neft quvuridagi portlash va yong‘in qurbonlari soni 24 kishiga yetdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Hodisa 12-oktabr kuni mamlakat janubi-sharqidagi Abiya shtatida ro‘y berdi.
Shtat politsiyasi rahbari Entoni Ogbiziga ko‘ra, portlashga ta’mirlash ishlari olib borilayotgan neft quvuridagi sizish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mamlakatda neft quvurlaridagi portlash hodisalari tez-tez ro‘y berib turadi. Bunga aksar mahalliy aholining quvurdan neft o‘g‘irlashga urinishlari olib keladi.
Izoh (0)