Penzada qurilish ishlari davomida 4-qavatdan qulagan 21 yashar O‘zbekiston fuqarosining o‘limi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.
Hodisa 14-oktabr, yakshanba kuni Penzaning Siolkovskiy ko‘chasidagi uyda sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kvartira egasining 4 nafar tanishi balkon ustida yopqich o‘rnatish ishlarini olib borayotganda o‘zbekistonlik to‘siq bilan birga pastga qulagan.
Olingan tan jarohatlari oqibatida erkak voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)