Bortida 3 kishi bo‘lgan kichik xususiy samolyot Nyu-York shtati janubidagi Long-Aylend oroli yaqinida, Atlantika okeaniga quladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Piper PA-34 yengil motorli samolyoti Konnektikut shtatining Danberi shahridan Janubiy Karolinadagi Charlston shahriga yo‘l olgandi.
Qutqaruvchilar uchuvchining jasadini topdi. Ikki yo‘lovchi — erkak va ayolning jasadi 18 metr chuqurlikda ekani aytilmoqda.
Izoh (0)