Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida 2018-yil 14-oktabr kuni Qanliko‘l tumanida yashagan Q.D. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beynau” yo‘lining 829-km.da haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan U.G. boshqaruvidagi “MTZ-80” rusumli traktori tirkamasining orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada Nexia avtomashinasi haydovchisi va uning yo‘lovchisi jarohat olib voqea joyida vafot etganlar. Yana 4 nafar yo‘lovchilari esa jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)