Andijon shahridagi “Barkamol avlod” sport o‘yingohida “Mardona yashamoq, Vatanni asramoq – chin inson baxti!” shiori ostida harbiy texnikalar ko‘rgazmalari, paradlar va taniqli estrada xonandalari ishtirokida yoshlar festivali o‘tkazildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida viloyat hokimligi, ichki ishlar, adliya, favqulodda vaziyatlar, mudofaa boshqarmalari va bir qator korxona, tashkilot hamda muassasalar tomonidan tashkil etilgan festivalda shahardagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlarining o‘quvchilari ishtirok etdi.
Festival qatnashchilari va mehmonlarni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov qizg‘in tabrikladi. Tadbirda Mudofaa vazirligining maxsus vazifalarni bajaruvchi xarbiylari, viloyat IIBning kinologiya xizmati, tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryad hamda maxsus otryad sapyorlari, yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan namoyish etilgan harbiy texnika, jangovor qurollar, ulardan foydalanish jarayonlari, ko‘rgazmali chiqishlar barchaning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)