Turkiyaning Izmir shahri sudi amerikalik ruhoniy Endryu Bransonni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybdor deb topdi va uni uch yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi, deya xabar bermoqda Meduza.
Ayni vaqtda, ruhoniy sud hukmi chiqquniga qadar hibsda o‘tkazgan vaqt ham hisobga olingani holda, u sud zalidan ozod qilindi. Sudning alohida qayd etishicha, endi Bransonning Turkiyani tark etishiga nisbatan hech qanday taqiq yo‘q.
Aynan Bransonga qarshi tergov sabab AQSh avgust oyi boshida Turkiyaning ikki vaziriga nisbatan sanksiyalar joriy etgan, so‘ng prezident Donald Tramp Turkiyadan import qilinayotgan po‘lat va alyuminiyga nisbatan bojlarni oshirish haqida ko‘rsatma bergandi.
AQSh bilan munosabatlarning yomonlashuvi turk lirasining keskin qadrsizlanishiga sabab bo‘lgandi.
Izoh (0)