“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Moskvaga borish va qaytish bo‘yicha aviachipta xarid qilgan yo‘lovchilar uchun e’lon joylashtirdi.
“Moskvadagi aeroportning “Domodedovo”dan “Vnukovo”ga o‘zgartirilishi tufayli noqulayliklar yuzaga kelganda, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Sizga uchish sanasi 2018-yilning 28-oktabridan boshlab O‘zbekistondan Moskvaga borish va qaytish bo‘yicha qatnovlarga olingan aviachiptalarni qo‘shimcha jarimalar to‘lamagan holda qaytarib berish imkonini beradi. Ushbu qoida uchish/qo‘nish punktida “Domodedovo” aeroporti ko‘rsatilgan aviachiptalarning butun amal qilish muddati davomida tadbiq etiladi”, — deyiladi xabarda.
Aviachiptalarni ularni xarid qilgan joyda qaytarib topshirish mumkin. Onlayn xarid qilingan aviachiptalar, ular xarid qilingan servis yordamida belgilangan tartibda qaytariladi.
“Vnukovo” aeroportiga o‘tish bo‘yicha barcha masalalar yuzasidan quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin:
Toshkentda: +998 78 140 02 00
Moskvada: +7 495 298 80 66
E-mail: info@uzairways.com
“O‘zbekiston havo yo‘llari” yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab qoldi.
Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Moskva shahriga bajariladigan barcha qatnovlari “Domodedovo” aeroportidan “Vnukovo” aeroportiga o‘tkazilishi xabar berilgan edi.
Izoh (0)