Belarusning “Kamvol” korxonasi matolari O‘zbekistonda maktab formasi tikish uchun foydalanilishi mumkin. Bu haqda “Bellegprom” konserni raisi Nikolay Yefimchik belaruslik jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“Biz ‘Kamvol’ OAJ matolari bilan maktab formasi tikish uchun O‘zbekiston bozoriga chiqish mavzusini muhokama qilyapmiz. Bizga ma’lum bo‘lishicha, ularda yagona maktab formasini joriy etish haqida allaqachon davlat rahbari darajasida qaror qabul qilingan… Biz ularning ehtiyojlarini zarur hajmda qondirishga tayyormiz, bu esa ‘Kamvol’ OAJni rivojlantirish uchun yana bir qadam”, — dedi Nikolay Yefimchik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab majburiy tartibda yagona maktab formasi joriy qilinadi.
Izoh (0)