Bugun, 4-oktabr kuni O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasida navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati ma‘lum qildi.
Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala tashkilotga yangi rahbar saylash edi. Ushbu lavozimga Ahmadjon Rahimov nomzodi ilgari surildi. Yig‘ilganlar ko‘rsatilgan nomzodini qo‘llab-quvvatlashi natijasida Ahmadjon Rahimov O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining raisi etib saylandi, deyiladi MOQ xabarida.
Ma’lumot uchun, Ahmadjon Rahimov 1975-yilda tavallud topgan. Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Oilali. Uch farzandning otasi.
Izoh (0)