• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tabiiy gaz taqsimotini yaxshilashga qaratilgan 7 ta innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda

    Qibray tumanidagi Usmon Yusupov nomli mahallada tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq barcha muammo uzil-kesil bartaraf etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

    Foto: “Zamin.uz”

    Foto: “Zamin.uz”

    — Gaz taqsimoti tizimidagi jarayonlar nazorati avtomatlashtirilganligi tufayli ana shunday natijaga erishdik, — deydi “Qibraytumangaz” korxonasi muhandisi Aziz Abduazimov. — Gaz tarmoqlarini innovatsion loyihalar asosida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish yaxshi samara bermoqda. Misol uchun, Usmon Yusupov nomidagi mahallada iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi o‘rta bosimli oltita gaz taqsimlash punkti olib tashlanib, faqat yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti qoldirildi. Unga esa avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorat tizimi o‘rnatildi. Bu mahallaga kirayotgan tabiiy gaz bosimi va hajmi to‘g‘risida onlayn rejimida ma’lumot olish imkonini beradi.

    Darhaqiqat, yangi loyihaning afzalliklari juda ko‘p. Jumladan, gaz taqsimlash punkti faoliyatiga tashqi aralashuv bo‘lganida dispetcherlik xizmatiga avtomatik ravishda xabar keladi. Taqsimlash punktlariga zamonaviy elektron sanoat gaz hisoblagichlari o‘rnatilgani ham yaxshi samara bermoqda. Mahallaga kirib kelayotgan tabiiy gazning hajmi haqida esa dispetcherlik xizmati onlayn rejimida ma’lumot olmoqda.

    Mahalladagi 200 ta xonadonga zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatildi. Har bir xonadondagi maishiy gaz sozlash regulyatorlari esa gaz bosimi bo‘yicha muammolarni to‘liq bartaraf etadi. Ayni vaqtda gaz hisoblagichlar iste’mol qilinayotgan gaz hajmi bo‘yicha “Billingaz” dasturiga ma’lumotlar kiritib boradi. Hisoblagichlarga maxsus klapanlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular qarzdorligi mavjud xonadonlarni masofadan turib gaz ta’minotidan uzib qo‘yish imkoniga ega. E’tiborli tomoni shundaki, qarzdorligi bor xonadonlar to‘lovini to‘liq amalga oshirgach, ular avtomatik ravishda tarmoqqa qayta ulanadi.

    Mahalla gaz ta’minotidagi barcha ishlarni real vaqt rejimida nazorat qilish uchun dispetcherlik xizmatiga maxsus monitor o‘rnatildi. Unda barcha jarayon haqidagi ma’lumotlar jamlanadi.

    “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislarining aytishicha, bugungi kunda mamlakatning bir qator hududlari, jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidagi Shijoat, Samarqand shahridagi Ahillik, Jizzax shahrining Ravalliq va Uchariq mahallalarida ana shunday yangi tizimdan samarali foydalanilmoqda. Hademay bu ishlar boshqa joylarda ham joriy qilinadi.

    Tizimda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tabiiy gaz taqsimotini yaxshilashga qaratilgan eng samarali va istiqbolli 7 ta innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda. Tabiiy gazning ishlab chiqarish korxonalaridan to iste’molchiga yetkazib berilgunicha bo‘lgan hisob-kitob va nazoratni avtomatlashtirish tizimi shulardan biridir.

    Ushbu tizim barcha hududda samarali ishlamoqda. Unda ishlab chiqaruvchi korxonalar va magistral gaz quvurlari boshqarmalarining bo‘linish chegaralariga zamonaviy elektron gaz o‘lchash hisoblagichlari o‘rnatilib, dispetcherlik boshqaruv tizimiga ulangan. Ma’lumotlar real vaqt rejimida dispetcherlik xizmatiga kelib tushadi. Yana bir muhim jihati, yirik sanoat korxonalariga, shuningdek, xonadonlarga o‘rnatilgan hisoblagichlarning yagona “Billing” tizimiga ulanganidir. Natijada ishlab chiqarishda inson omili ishtiroki keskin kamaymoqda.

    Gaz transporti tizimi ishonchliligini oshirish maqsadida zamonaviy innovatsion diagnostik qurilmaga ega bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanilayotganini alohida ta’kidlash joiz. Ular yordamida magistral gaz tarmoqlarini texnik talablar asosida o‘z vaqtida sifatli ko‘rikdan o‘tkazish, nuqsonli holatlarni belgilash, himoya zonalaridagi noqonuniy qurilmalarni aniqlash imkoniyati vujudga keldi.

    Suyultirilgan gaz ta’minotida yangi innovatsion to‘lov tartibini joriy etish bilan bog‘liq yana bir loyiha ko‘pchilik og‘irini yengil qilishi bilan ahamiyatli. Gap shundaki, hozirgi paytda respublikada jami 3,1 million aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Mazkur jarayondagi uzilishlarning oldini olish, haqli ravishda aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan boshqa muammolarni bartaraf etish maqsadida avtomatlashtirilgan tizim joriy etilmoqda.

    Bunda har bir iste’molchi hisob-kitob uchun individual elektr kartalar bilan ta’minlanadi. U esa maxsus dasturga ulanadi. Bu bilan iste’molchiga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz hajmi, muddati va hisobini masofadan turib ko‘rish va nazorat qilish imkoniga ega bo‘linadi. Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida tajriba tariqasida joriy yil yakunigacha amalga oshirish belgilangan ushbu loyiha natijalariga ko‘ra, uni yaqin kelajakda mamlakat bo‘ylab joriy etish nazarda tutilmoqda.

    03.10.2018, 23:35   Izoh (0)   10935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va BAA 1 mlrd dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasini tuzadi

    03.10.2018, 23:20

    Chegarani buzgan andijonlik ayolga yana bir imkon berildi

    03.10.2018, 23:00

    “O‘zbekoziqovqatzaxira” oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligiga yo‘l qo‘yilmasligiga ishontirmoqda

    03.10.2018, 22:55

    TATU Maxsus fakultetida “Shahdam qadamlar” festivali bo‘lib o‘tdi (foto)

    03.10.2018, 22:44

    Shavkat Mirziyoyev elektr energetika sohasini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    03.10.2018, 22:39

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida jamoatchilik kengashi tuzildi

    03.10.2018, 21:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 100 ming bosh qo‘y va echki sotib oladi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 15:46

    Dizaynerlar qo‘lida bor narsalardan yaratgan: mashhur filmlardagi afsonaviy kostyumlar

    Kino | 16 avgust, 15:30

    OpenAI ChatGPT ilovasidan qancha daromad olgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 16 avgust, 15:11

    Avstraliyalik olimlar mahalliy qushlarning ayrim turlari jinsini o‘zgartirishi mumkinligini aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 14:59

    Taqiqlangan diniy materiallar tarqatgan jizzaxlik 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 14:45

    O‘zbekiston terma jamoasini 71 yoshli turkiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

    Sport | 16 avgust, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.