NASA mutaxassislari o‘zga sayyorlardagi sivilizatsiyalar texnologiyalarining belgilarini izlash bilan shug‘ullanadi. Ularga lazer nurlanishi, astromuhandislik qurilmalari, kuchli ifloslangan yoki yoritilgan atmosferalar, shuningdek, yo‘ldoshlar kiradi. Bu haqda agentlik saytida xabar berilgan.
2018-yilning aprel oyida AQSh Kongressi o‘zga sayyora sivilizatsiyalarining mavjudligi haqida guvohlik beruvchi signallarni izlashga qiziqish bildirgan. NASA 26—28-sentabrda o‘zga sivilizatsiya belgilarini izlash muammolari bo‘yicha seminar o‘tkazgan. Olimlar tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlarini, shuningdek, shaxsiy va xayriya tashkilotlari bilan ehtimoliy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, qiziqishning oshishiga sabab 2015-yilda Tabbi yulduzi yorug‘ligining o‘zgarishi kuzatilgani hisoblanadi. Yulduz yorug‘ligining nodavriy pasayishi uning atrofida ko‘plab obyektlar mavjudligini ko‘rsatgan. Buni izohlovchi ko‘plab nazariyalar taklif qilingan.
Izoh (0)