Toshkentning Yashnobod tumani, Tabibiy ko‘chasidagi 11-uyda yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yong‘in qo‘shni, 13-uyga ham o‘tgani bildirilmoqda.
O‘t o‘chiruvchilar hodisa haqida xabar kelib tushganidan 7 daqiqa o‘tib, soat 12:02 voqea joyiga yetib keldi. 12:30 da yong‘inni o‘chirish, 12:50 da esa to‘liq bartaraf etishga erishildi.
Ofat oqibatida uylardagi bostirmalar, xo‘jalik inshootlari va qisman turar joylar zarar ko‘rdi. Jami alangalanish maydoni 200 kvadrat metrni tashkil etdi. Qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lmadi.