Shavkat Mirziyoyev Nyu-Dehli shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Palam” aeroportida davlat rahbari Hindiston an’analariga xos tarzda kutib olindi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Hindistonda O‘zbekiston Prezidentining tashrifiga katta tayyorgarlik ko‘rilgan.
Tashrif davomida Hindiston prezidenti Ram Nath Kovind, bosh vazir Narendra Modi va Hindistonning boshqa rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)