Rossiyaning tezkor-qidiruv tadbirlari uchun vositalar ishlab chiqaruvchi bir nechta korxonalarga egalik qiluvchi “Sitadel” xoldingi raqobatchisi — “Signatek”ning 90 foizini sotib oldi, deb yozadi “Vedomosti”.
Yangilangan tezkor-qidiruv tadbirlari uchun vositalar 2018-yil 1-iyulda kuchga kirgan Yarovaya qonunini bajarish uchun kerak bo‘ladi.
“Sitadel” xoldingi Virtus.pro kibersport loyihasi asoschisi Anton Cherepennikovga tegishli bo‘lib, u 2015-yilda kibersport biznesi bo‘yicha Alisher Usmonovning sherigiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 24-iyun kuni Rossiya Davlat dumasi deputat Irina Yarovaya va senator Viktor Ozerov tomonidan kiritilgan aksilterror qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilgan edi. Ushbu loyiha axborot tarqatish tashkilotchilarini ma’lumotlar shifrlangan taqdirda maxsus xizmatlarga ularni o‘qish imkonini beruvchi manbalarni taqdim etish majburiyatini yuklaydi. Bundan bosh tortilgan taqdirda 1 million rublgacha jarima ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)