Eronda shifokorlar tomonidan vafot etgani qayd etilgan chaqaloq morgda “tirildi”, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa mamlakat g‘arbidagi Urmiya shahrida yuz berdi. Kasalxona shifokorlari olti oylik bolani tekshirib ko‘rib, unda tiriklik belgilarini topmagan va uning o‘limini qayd etgan.
Jasadni morgga jo‘natishgan, ammo u yerda diniy marosim doirasida murdani yuvish chog‘ida chaqaloq aslida tirik ekanligi ma’lum bo‘lgan. Bolaning oilasi a’zolari hodisadan shok holatiga tushgan va mo‘jiza uchun shukrona aytgan.
Izoh (0)