Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov Nyu-Yorkka oddiy reys bilan borib keldi, safar chog‘ida qirg‘izistonliklar u bilan suratga tushdi, deb yozadi Sputnik. Davlat rahbari BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida qatnashdi.
Siyosatshunos Temirlan Sarlikbek o‘g‘li samolyot bortida prezident bilan selfiga tushdi va u oddiyligi bilan barchani hayratda qoldirganini ta’kidladi.
https://www.facebook.com/photo.php?fbid=2230235653671034&set=a.589761944385088&type=3&permPage=1
“U “Manas” eposi, tarixiy qahramonlar va voqealar haqida gapirib berdi, shuningdek, yangi katta loyiha boshlanayotganini ma’lum qildi”, — deb yozdi u.
Qirg‘iziston Qizil yarim oy milliy hamjamiyati prezidenti Azamat Bayalinov ham Jeenbekov bilan selfi oldi. “Prezidentimiz Nyu-Yorkka qanday borib kelgani haqida savollar bo‘lgan edi. Oddiy reys bilan. Ofarin!” — deb yozdi u.
https://www.facebook.com/photo.php?fbid=10156704711521613&set=a.10150569438441613&type=3&permPage=1
Izoh (0)