Irlaniyada reysga kech qolib, uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab samolyot ortidan yugurgan yo‘lovchi hibsga olindi. Hodisa Dublin aeroportida yuz bergan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.
Guvohlarning ta’kidlashicha, erkak 20 yoshda bo‘lgan. U eshikdan otilib chiqqan va Ryanair aviakompaniyasi samolyoti tomonga yugurgan. Havo kemasi Amsterdamga yo‘l olgan edi.
Erkak dastlab aeroport xodimlari tomonidan qo‘lga olingan, shundan so‘ng Dublin politsiyasiga topshirilgan.
Izoh (0)