Boliviya prezidenti Evo Morales mamlakatning ikki sobiq prezidentiga nisbatan amnistiya e’lon qildi. Bu ularning Chiliga nisbatan okeanga chiqish haqidagi talabni qo‘llab-quvvatlashlari uchun qilingan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Gap Boliviyaning sobiq rahbarlari Xorxe Kirog va Karlos Mes haqida ketmoqda.
Moralesning qaroriga ko‘ra, insoniyatga qarshi jinoyatlarda va genotsidda ayblanganlardan tashqari, hech bir prezident mamlakatning muhofaza va dengiz huquqlari bo‘yicha muzokaralar sohasidagi ichki va tashqi faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan sud jarayonlariga jalb qilinmaydi.
Izoh (0)