Yaponiya bortida Xalqaro koinot stansiyasiga yuklar hamda tajriba jihozlarini eltadigan Kounotori 7 uchuvchisiz koinot kemasi bo‘lgan H-2B raketasini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Parvoz 11-sentabrga mo‘ljallangandi, biroq texnik sabablarga ko‘ra bir necha bor qoldirildi.
Kema bortida 6 tonnadan ko‘proq turli, jumladan, ekipaj hayot faoliyatini maromda ushlab turish uchun zarur yuk, stansiyadagi energiyaning asosiy manbasi bo‘lgan yangi litiy-ionli batareyalar bor.
Shuningdek, Kounotori 7 stansiyaga ikki Stars-me mikroyo‘ldoshini ham yetkazadi.
Izoh (0)