• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev: vazirlik va idoralar Senat murojaatlariga sayoz va asossiz javob qaytarmoqda

    27-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisni olib borgan Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev parlament ishi samaradorligi, ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikdagi ayrim masalalarga to‘xtalib o‘tdi, deya xabar berdi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Ayrim vazirlik va idoralar rahbarlari vakillik organi bilan munosabatlarga hamon qonun talabi asosida yondashmayapti, — dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev. — Xususan, Senat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari tomonidan joriy yil 15 avgustda poytaxtdagi madaniyat va istirohat bog‘laridagi bir qator jiddiy kamchiliklar yuzasidan madaniyat vaziri B.Sayfullayevga senator so‘rovi yuborilgan edi. Bu so‘rov atrofidagi ayrim holatlarni aynan madaniyat namoyondalari ta’biri bilan aytganda, “hangoma” sifatida baholash mumkin”.

    Senat raisining tak’idlashicha, ushbu so‘rovnoma yuzasidan javob oradan qariyb 40 kun vaqt o‘tganidan keyin qayta murojaat asosida olindi. Ikkinchidan, senator so‘roviga bepisandlik bilan tayyorlangan, qo‘yilgan birorta savolga oydinlik kiritilmagan, buning ustiga, vazirning o‘rinbosari imzolagan yarim varaqlik javobi, e’tibor bering, Senatga emas, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuborilgan.

    “Bundan vazirlik mas’ullari nafaqat qonunchilik talablari, o‘z majburiyatlari, hattoki senator Qonunchilik palatasida emas, Senatda ishlashidan ham bexabar ko‘rinadi, — deya o‘z so‘zini davom ettirdi Nig‘matilla Yo‘ldoshev. — Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, Madaniyat vazirligidek nufuzli idoraning mas’ul xodimlari parlamentga, ya’ni xalq vakillariga nisbatan shunday munosabatda bo‘lsa, ularning davlat siyosati mohiyatini to‘liq anglab yetganiga, zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalarni bekamu ko‘st amalga oshirayotganiga kim kafolat beradi?!”

    Parlament yuqori palatasi rahbari bu masala bo‘yicha Madaniyat vazirligi, qolaversa, Vazirlar Mahkamasidan ham izoh kutilishini ma’lum qildi.

    Uning qayd etishicha, Senat qo‘mitalarining tegishli masalalar bo‘yicha murojaatlariga boshqa aksariyat vazirlik va idoralar ham sayoz, asossiz va nomigagina tayyorlangan “shablon” tarzidagi ma’lumotlar bilan javob qaytarmoqda.

    Masalan, bugungi kunda Senatga huquqni muhofaza qilish organlaridan asossiz ravishda ishdan bo‘shatish hollari bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Nazoratga olingan murojaatlar yuzasidan esa, aksariyat javoblar bir xil mazmunga ega. Ya’ni, fuqaro tomonidan bildirilayotgan vajlarga aniq javoblar yo‘q.

    “Savol tug‘iladi: yuzlab fuqaro o‘z ish joyida ishdan bo‘shatishga sabab bo‘ladigan bir xil qoidabuzarlikni bir paytning o‘zida sodir etishi mumkinmi? — deya yuzlandi Nig‘matilla Yo‘ldoshev. — Buning ustiga Senatga tegishli ma’lumotlarni belgilangan muddatdan kechikib, shunda ham qayta-qayta murojaatlardan so‘ng taqdim etish surunkali tus olmoqda”.

    Hukumat tomonidan ijro intizomini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotganiga qaramasdan, Senat bilan bog‘liq munosabatlarda bu choralarning amaliy natijasi sezilmayotgani afsuslanarli holdir.

    Senat raisi yana bir holatni tilga olib o‘tdi. Vazirlik va idoralar tomonidan qo‘mitalarning hatto qonunlar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlariga ham shu qonunlar to‘g‘risida yetarli bilimga, zarur ma’lumotga, qolaversa, tegishli vakolatga ega bo‘lmagan xodimlar jo‘natilmoqda. Oqibatda ularga senatorlar tomonidan berilayotgan savollar javobsiz qolmoqda.

    “Biz bunday holatlarni parlamentga nisbatan bepisandlik deb tushunamiz, — dedi u. — Fursatdan foydalanib, bugun zalda o‘tirgan vazirlik va idoralar rahbarlariga muhtaram Prezidentimizning quyidagi ta’kidlarini yana bir karra eslatib o‘tmoqchiman: xalq vakiliga bepisandlik — xalqqa bepisandlik deb baholanadi”.

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev tahlillar yakunlanish arafasida ekani, har bir vazirlik va idora bilan hamkorlik borasidagi to‘siq va muammolar haqidagi ma’lumotlarni tegishli instansiyalarga zarur choralarni ko‘rish uchun taqdim etilishini ma’lum qildi.

    27.09.2018, 19:47   Izoh (0)   22899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda qidirilayotgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi

    27.09.2018, 19:04

    Gollandiyada otib tashlangan 101 o‘zbek. Ularning Vatan tarixida qanday o‘rni bor?

    27.09.2018, 18:48

    Samarqand shahar hokimi 40 ta ish o‘rni yaratmoqchi bo‘lgan tadbirkorning muammosini hal qildi

    27.09.2018, 18:20

    “Toshshahartransxizmat”ning uch nafar rahbar xodimi lavozimidan ozod etildi

    27.09.2018, 17:50

    Notarius bo‘lish talablari o‘zgartirildi

    27.09.2018, 17:23

    Fuqarolarga mikroqarz berish bilan bog‘liq qonun senatorlar tomonidan ma’qullandimi?

    27.09.2018, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.