Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Yashnobod tumani bo‘limi boshlig‘iga oylik “dolya” taklif qilgan bozor direktori qo‘lga olindi. Bu haqda prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur tumandagi “Aviasozlar dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati direktori N.E. bozor hududida sotiladigan go‘sht mahsulotlarining haqiqiy miqdori va bozorning kunlik patta tushum pullari hisobini nazorat qilib bormaslik evaziga departamentning tuman bo‘limi boshlig‘i R.E.ga har oyda 1500 AQSh dollari pora berishni taklif qilgan.
R.E.ning bildirgisiga asosan departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari va Yashnobod tumani prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bozor direktori 550 AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bozor direktoriga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda.
Izoh (0)