AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasidagi yuqori darajadagi uchrashuvlar haftaligi doirasidagi munozaralarda nutq so‘zlash uchun vaqtida yetib kelmadi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Oq uy rahbari reglament bo‘yicha sentabrda BMT Xavfsizlik kengashiga boshchilik qiluvchi davlat rahbari sifatida Braziliya prezidentidan keyin ikkinchi bo‘lib nutq so‘zlashi kerak edi.
Tramp zalda yo‘qligi ma’lum bo‘lgach, Bosh Assambleya direktori Mariya Espinosa Garses o‘ylab ko‘rib, mikrofonga Ekvador rahbari Lenin Morenoni taklif qildi.
65 yoshli Lenin Volter Moreno Garses 2017-yil mayidan boshlab mamlakatga prezidentlik qilib kelmoqda. Uning kasbi o‘qituvchi bo‘lgan otasi o‘g‘liga SSSR asoschisi sharafiga ism qo‘ygan. Ikkinchi ismi Morenoga mashhur fransuz faylasufi xotirasiga berilgan.
Izoh (0)