Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Nima uchun BMT Xavfsizlik kengashida 194 ta mamlakat bo‘lishi kerak emas? Nima uchun rotatsiya prinsipi asosida ularning kengashda doimiy o‘rni bo‘lishi kerak emas? Dunyo beshtadan ko‘proq, biz — butun insoniyat vijdonining ovozlarimiz”, — degan Erdo‘g‘on.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro tashkilot vaqt o‘tishi bilan beshta doimiy a’zoninig manfaatlariga xizmat qiladigan bo‘lib qoldi. Turkiya yetakchisining fikricha, Xavfsizlik kengashi boshqa mamlakatlardagi kishilarning manfaatlarini mensimaydi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyo Ikkinchi jahon urushidan keyingi kabi emas.
Izoh (0)