BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning fikricha, Yevropa mamlakatlari qaytadan XX asrdagi “sovuq urush” davridagi vaziyatga tushib qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
BMT bosh kotibining ma’ruzasida aytilishicha, Yevropada “sovuq urush” davrida hukmronlik qilgan raqobat qaytadan yoyildi va qit’ada natsionalizmning keng va xavfli to‘lqini kezmoqda.
Bundan tashqari, Guterrishning ta’kidlashicha, agar Yaqin Sharqqa nazar solinsa, falastinliklar va isroilliklar o‘rtasidagi nizo shoshilinch e‘tiborni talab qiladi, nizoni kechiktirmasdan ikki davlatning mavjudligi prinsipiga nisbatan kelishuv asosida yechish kerak.
Izoh (0)